Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 iyunidan 30 sentyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.

TADBIRKORLAR UCHUN

Aholini rо‘yxatga olishni aniq bir muddatda о‘tkazish tadbirini amalga oshirishga odatda 10-12 kun talab etiladi. Aholini rо‘yxatga olish bir necha kun davomida о‘tkazilsa ham, ma’lumotlar aniq bir vaqtda – kо‘pincha aholini rо‘yxatga olish birinchi kunining 0 soatdagi holati bо‘yicha qayd etiladi. Bu aholini rо‘yxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi.

Masalan, chaqaloq aholini rо‘yxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tug‘ilgan bо‘lsa, u aholi rо‘yxatiga kiritilmaydi. Lekin kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bо‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini rо‘yxatga olish davrida vafot etsa, u aholi rо‘yxatiga kiritiladi.

О‘zbekistonda Aholini rо‘yxatga olish tо‘g‘risida qonun qabul qilinmagan bо‘lsada, Prezidentimizning joriy yil 5 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida О‘zbekiston Respublikasida aholini rо‘yxatga olish о‘tkazilmagan. Aholini rо‘yxatga olishga tayyorgarlik kо‘rish va о‘tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bо‘lib, ketma-ket hamda bir vaqtning о‘zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bо‘lgan bosqichlar belgilangan. Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

 – Ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari bо‘yicha soni, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi bо‘yicha batafsil ma’lumot olinadi, – deydi О‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov. – Aholi jon boshiga makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarni hisoblashda ishlatiladi, aholi migratsiyasi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam kо‘rsatish bо‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda ma’lumotlar bazasi sifatida qо‘llaniladi va monitoring yuritishga xizmat qiladi. Aholi punktlarining infratuzilmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan foydalanish, joylashtirish bо‘yicha qisqa, о‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda qо‘llanadi.

Bunday ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi bо‘yicha dasturlarni yaratishda, shuningdek, davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun zarurdir.

 Mamlakatimizda...

 Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini о‘rganishda mamlakat hududida о‘tkazilgan aholi rо‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, О‘zbekiston hududida dastlabki aholi rо‘yxati 1897 yilda о‘tkazilgan bо‘lib, ushbu rо‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida О‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, о‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan. О‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini rо‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Xalqaro tavsiyalarga kо‘ra, aholini rо‘yxatga olishni markazlashtirish, rо‘yxatga olishning muntazamligi, maxsus tayyorlangan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan о‘tkazilishi, aniq bir muddatda о‘tkazish, belgilab qо‘yilgan aniq dasturining mavjudligi va tadbirni unga qat’iy rioya qilgan holda о‘tkazish, aholining tо‘liq qamrab olinishi, ma’lumotlarning maxfiyligi va shaxsiylashtirilishi, ixtiyoriylik kabi tamoyillarga asoslanadi.

 О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazishga kо‘maklashuvchi “SERGORUS” qo'shma korxonasi aholini rо‘yxatga olish mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.

Qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollarga Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi boshqarma boshlig’i o’rinbosari Sh.Tayloqov va demografiya mehnat bo'limi boshlig'i A.Qurbonov tomonidan tegishli javoblar olishdi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazishga kо‘maklashuvchi xalq ta’lim muassasalarida aholini rо‘yxatga olish mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.

Qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollarga Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi bo’lim boshliqlari B.Jononov va J.Sodiqovlardan tegishli javoblar olishdi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazishga kо‘maklashuvchi sog’liqni saqlash muassasalarida xodimlari o’rtasida aholini rо‘yxatga olish mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.

Qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollarga Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi demografiya bo’limi о‘rinbosari D.Berdiyeva va bо‘lim bosh mutahassisi M.Lukmanovlardan tegishli javoblar olishdi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida” gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq 2022 yilda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazishga kо‘maklashuvchi Kitob tuman komissiyasi tomonidan Kitob tumanida seminar о‘tkazildi. Seminarda aholini rо‘yxatga olishni о‘tkazishga kо‘maklashuvchi tuman komissiyasi a’zolariga aholini rо‘yxatga olish bо‘yicha belgilangan vazifalar tushuntirib berildi.

Seminar qatnashuvchilari tomonidan berilgan savollarga tuman ishchi komissiyasi rasman о‘rinbosari, tuman hokimining о‘rinbosari A.Sirojov va tuman statistika bо‘limi boshlig‘i G‘.Murodovlardan tegishli javoblar olishdi.

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-3165-SON QARORI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO`MITASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA